Umumiy ma’lumot

Перевести на: en ru uz

«Иссиқлик электр станциялари» акциядорлик жамияти   тасарруфидаги

«Муборак Иссиқлик Электр Маркази» акциядорлик жамияти ҳақида қисқача маълумот

 

«Муборак Иссиқлик Электр Маркази» акциядорлик жамияти 1985 йилда ишга туширилган бўлиб, Қашқадарё вилояти Муборак тумани жануби-шарқининг 12- км да Қарши-Бухоро транспорт йўли ёқасида «Муборак Газни Қайта Ишлаш  Заводи» МЧЖ корхонаси худудига ёнма-ён жойлашган.

Бош режа курсаткичи бўйича корхона худуди майдони 32,61 га.

Шундан:

–          Худуд майдони 25,21 га

–          Саноат курилиш майдони 7,4 га.

Корхона худуди иклим шароити курук хасобланиб, хаво харорати кишда хам ёзда хам тез узгарувчан. Абсолют максимум харорат +50 оС, абсолют минимум харорат -23оСни ташкил этади. Йиллик ёгингарчилик микдори 168 мм. Энг намгарчилик юқори булган вакт май-сентябр.

Ер катламининг музлаш чукурлиги 0,8 м.

Курилиш худуди  сейсмик холати 8 балл.

Станциянинг лойихавий куввати электр энергия и/ч буйича 120 МВт

Станциянинг лойихавий куввати иссиклик энергия и/ч буйича 376 Гкал.

-Корхонада 10 та булим мавжуд: ИМУЭКБ; ЭУЭКБ; ИАЎБ; БМБ; КСТБ; ТИМБ; АТМБ; ИЧМБ; ТИМБ; МТТБ;

Асосий ускуналари:

Қозон ускунаси        –3 дона (буғ ишлаб чиқариш учун);

Турбина агрегети          –2 дона (генераторни айлантиришучун);

Генератор                  –2-дона (электр энергияси ишлаб чиқиш учун);

Корхона ишга туширилган даврда урнатилган ишлаб чикариш куввати 1 соатда 60 МВт  электр энергияси, соатига 1000 тонна Буг ишлаб чикариш ташкил килган булса, бугунги кунда 1 соатда 120 МВт электр энергияси, 1 соатга 1500 тонна буғ ишлаб чиқаришни ташкил килади.

Ишлаб чикариладиган махсулотлари Республикада ишлаб чикарилган махсулотларнинг куйидаги улушини ташкил килади.

– Иссиклик энергияси уртача 26 %; -Электр энергия уртача 1%га якин;

Ишлаб чиқариш жараёни:

Хом сув → кимёвий тозалаш→ буглантириш→ Деаэратор→ таъминот насоси

→ Қозон→ Турбина ═Электр энергияси, иссиқлик энергияси

“Қую-мозор” сув омборидан келаётган сув “МГҚИЗ” МЧЖ орқали сув қувуридан насослар орқали кимёвий сув тозалаш ускунасида тозаланиб, буғлантириш қурилмасига ва насослар билан қувурлар орқали деаэраторга сунгра таъминот насоси оркали козонга етказиб берилади. Қозондан чикаётган буг ёрдамида турбина билан генератор айлантирилади ва ишлаб чиккан буг истеъмолчига етказиб берилади, йул-йулакай ишлаб чикилган электр энергияси эса тармокка узатилади.

 

Jamiyat strategiyasi va istiqbolli rejalari

 

JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YO’NALISHLARI) VA MAQSADI

2.1.Jamiyatning maqsadi elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarib foyda (daromad) olishdir.

2.2.Jamiyatning faoliyat turlari quyidagilardan iborat:

  •  Energitika tizimining berilgan rejimiga muvofiq asosiy fondlardan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalangan xolda, jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olib, elektr va issiqlik energiyasi yuklama grafigini qoplashda va ishlab chiqarishda ishtirok etish;
  •  Eng  kam sarflar bilan xalq ho’jaligi hamda aholining elektr va issiqlik energiyaga bo’lgan ehtiyojini  har tomonlama qondirish bo’yicha elektr stanciyasining asosiy vazifalar bajarilishiga  kafolat beruvchi uskunalar ishonchli ishlashini, binolar, inshootlar va kommunikaciyalarini tuzuk holatda bo’lishini, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va o’z jamoasini faravon yashashini ta’minlash;
  • O’rnatilgan quvvatdan foydalanish samaradorligini oshirilishini, elektr va issiqlik yuklamalarining dispetcherlik grafiklari bajarilishini va berilayotgan energiyaning normal sifatini, elektr tokining chastotasi va kuchlanishini, issiq suv va bug’ning bosimi va haroratini saqlab turishini;
  •  Yangi texnika joriy qilinishini, ishlab chiqarish fondlarining avtomatlashtirilishini va zamonaviylashtirilishini;
  •  Yoqilg’i va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, energetik uskunalarning maksimal tejamli ishlashini ta’minlash;
  •  O’zining yordamchi korxonalari ishlab chiqargan maxsulotlarni qayta ishlash va savdo shaxobchalari orqali sotishni amalga oshirish;
  •  Issiqxonalar qurish va unda har xil mevalar etishtirish va sotish;
  •  Qishloq xo’jalik (chorvachilik) mollari boqish va etishtirish;
  •  Qishloq xo’jalik (dehqonchilik) mahsulotlari etishtirish va sotish;
  •  Asalarichilik ishlarini tashkil etish;
  •  Mehmonxonalar tashkil etish;
  •  Kasanachilik ishlarini tashkil etish ;
  •  Avtoxizmatlar ko’rsatish- pullik avtomobillar to’xtash joylarini tashkil etish;
  •  O’rnatilgan tartib bo’yicha tashqi-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
  •  Ishlab chiqargan  o’z mahsulotlarini  Respublika xududida va tashqarida,  so’mga va valyutaga sotish uchun turli xildagi savdo do’konlari va umumiy ovqatlanish korxonalarini ochish ;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.

2.3.Mahsulot ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari qonunchilikda o’rnatilgan tartibda litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.