Jamiyat strategiyasi va istiqbolli rejalari

 Telefon (+998 75) 672-50-49   | Faks (+998 75) 672-50-5 E-mail  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YO’NALISHLARI) VA MAQSADI

2.1.Jamiyatning maqsadi elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarib foyda (daromad) olishdir.

2.2.Jamiyatning faoliyat turlari quyidagilardan iborat:

Ø   Energitika tizimining berilgan rejimiga muvofiq asosiy fondlardan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalangan xolda, jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olib, elektr va issiqlik energiyasi yuklama grafigini qoplashda va ishlab chiqarishda ishtirok etish;

Ø   Eng  kam sarflar bilan xalq ho’jaligi hamda aholining elektr va issiqlik energiyaga bo’lgan ehtiyojini  har tomonlama qondirish bo’yicha elektr stanciyasining asosiy vazifalar bajarilishiga  kafolat beruvchi uskunalar ishonchli ishlashini, binolar, inshootlar va kommunikaciyalarini tuzuk holatda bo’lishini, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va o’z jamoasini faravon yashashini ta’minlash;

Ø   O’rnatilgan quvvatdan foydalanish samaradorligini oshirilishini, elektr va issiqlik yuklamalarining dispetcherlik grafiklari bajarilishini va berilayotgan energiyaning normal sifatini, elektr tokining chastotasi va kuchlanishini, issiq suv va bug’ning bosimi va haroratini saqlab turishini;

Ø   Yangi texnika joriy qilinishini, ishlab chiqarish fondlarining avtomatlashtirilishini va zamonaviylashtirilishini;

Ø   Yoqilg’i va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, energetik uskunalarning maksimal tejamli ishlashini ta’minlash;

Ø   O’zining yordamchi korxonalari ishlab chiqargan maxsulotlarni qayta ishlash va savdo shaxobchalari orqali sotishni amalga oshirish;

Ø   Issiqxonalar qurish va unda har xil mevalar etishtirish va sotish;

Ø   Qishloq xo’jalik (chorvachilik) mollari boqish va etishtirish;

Ø   Qishloq xo’jalik (dehqonchilik) mahsulotlari etishtirish va sotish;

Ø   Asalarichilik ishlarini tashkil etish;

Ø   Mehmonxonalar tashkil etish;

Ø   Kasanachilik ishlarini tashkil etish ;

Ø   Avtoxizmatlar ko’rsatish- pullik avtomobillar to’xtash joylarini tashkil etish;

Ø   O’rnatilgan tartib bo’yicha tashqi-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

Ø   Ishlab chiqargan  o’z mahsulotlarini  Respublika xududida va tashqarida,  so’mga va valyutaga sotish uchun turli xildagi savdo do’konlari va umumiy ovqatlanish korxonalarini ochish ;

Ø   O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.

2.3.Mahsulot ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari qonunchilikda o’rnatilgan tartibda licenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.

 

 

S5 Box

Login

Register