Home

 Telefon (+998 75) 672-50-49   | Faks (+998 75) 672-50-5 E-mail  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

29 sentabr kuni “O`zbekenergo” AJning majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya Kompleksi tarkibidagi idora va xo`jalik boshqaruvi organlari ishtirokida O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to`g`risida”gi Qonun talablarini xo`jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish va ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot- tahlil departamenti mudiri va mutaxassislari, shuningdek, “O`zbekenergo” AJ tarkibidagi idoralarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish masalalari bo`yicha tarkibiy bo`linmalarning rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va davlat faoliyatining asosiy yo`nalishidir. Mazkur sohada izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar yurtimizda har bir insonning munosib turmush kechirishiga ko`maklashishdek olijanob maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonun doirasidagi tizimli ishlar ham ana shu maqsad ro`yobiga xizmat qilmoqda. Bu boradagi sa`y-harakatlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilinishi hamda davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagiJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni dasturilamal bo`lmoqda.

Bo`lib o`tgan seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarining mutasaddilari mazkur qonunga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalarning mohiyati va ahamiyati haqida batafsil to`xtalib o`tdilar va ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berib o`tdilar.

Seminarning ikkinchi yarmida “O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining mutasaddi tashkilotlari mutaxassislari uchun o`quv seminari bo`lib o`tdi. Unda tashkilotlarda hukumat qarorlarining ijrosi qay tarzda yo`lga qo`yilishi kerak, buning uchun qanday normativ hujjatlar mavjud, qanday turdagi hujjatlar nazoratga olinadi, nazorat kartochkalari bilan ishlash tartibi qanday, tashkilotda ijro intizomiga mas`ul xodimning asosiy vazifalari nimalardan iborat kabi dolzarb masalalar yuzasidan test sinovi bo`lib o`tdi.

Shuningdek, seminar davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqishni takomillashtirish va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi №PQ-3161 sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo`yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorini joylarda amal qilinishi va qo`llanilishi to`g`risida “O`zbekenergo” AJning mutasaddilarining ma`ruzalari tinglandi.

Seminar yakunida hujjatlarni ro`yxatdan o`tkazish, hisobga olish va ularning bajarilishini tizimli nazorat qilish, ularni rahbarlar va xodimlar tomonidan o`rganib chiqish, puxta tahlil qilish, unda topshiriqni bajarish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni, mas`ul ijrochilarni va bajarish muddatlarini ko`rsatish, o`z qarorlarini qabul qilish joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish, shuningdek ularning ijrosini maqsadli o`rganishni ta`minlash kabi yo`nalishlarda ham olib borilishi lozim bo`lgan masalalarga to`xtalib o`tildi.

S5 Box

Login

Register