Telefon (+998 75) 672-50-49   | Faks (+998 75) 672-50-5 E-mail  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kasb bayrami

Hamma davrlarda ham ajoyib hunarmandlar bo’lganki, ular o’z kasb-korlarini juda yuqori darajalarga olib chiqqanlar va mo’’jizaviy natijalarga erishganlar. SHunga o’xshab energetika sohasida ishlab, beqiyos hunar sohibi darajasiga erishgan muxandislar mohir chilangirlar, payvandchilar, elektriklar bo’lganki, ular ba’zi nozikroq ishlarni bajarishga qodir bo’lganlar, har bir detal va buyumga jonli bir mavjudotday qaraganlar. Ular vaqt, charchoq, tashnalikka qaramay, to o’sha ishlov berayotgan buyumlari ko’ngildagiday bo’lmaguncha, ishni qo’ldan qo’ymaganlar. Asl hunarmandlar ana shunday bo’ladi, o’z kasbi bilan faxrlanadi va uni e’zozlaydi. Ular qanday murakkab, juda katta quvvatga ega bo’lgan energoagregatlarni ta’mirlayotganlarini juda yaxshi his etadilar.

“Muborak issiqlik elektr markazi” aktsiyadorlik jamiyati ishchi xodimlari tomonidan ham o’z kasb bayramlari va eshik qoqib turgan 2019 yangi yil bayramlarini 2018 yil 21-dekabr kuni Muborak shaxri “BEK” tadbirlar zalida munosib nishonlandi. Bayram tadbirida jamiyatda uzoq yillar davomida mehnat qilgan bir qator fidoiy xodimlar “O’zbekiston Energetikasi Faxriysi” ko’krak nishoni, “O’zbekenergo” AJning “Faxriy yorliq” lari hamda “Muborak IEM” AJning “Faxriy yorliq”lari, “Tashakkurnoma”lar shu bilan bir qatorda qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Jumladan yaqinda vohamizga tashrif buyurgan Davlatimiz raxbari tomonidan jamiyatning faoliyati va ahamiyati yuksak e’tirof etilib, kasb egalariga chuqur ishonch bildirildi.

S5 Box

Login

Register