Telefon (+998 75) 672-50-49   | Faks (+998 75) 672-50-5 E-mail  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Prezident muborakda

Mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko’paytirish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo’jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qashqadaryoga safar qilgan Prezident Shavkat Mirziyoev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi. Tadirkor Qobiljon G’ulomov 2016 yili «Muborak issiqlik elektr markazi» aktsiyadorlik jamiyati yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar yer olib issiqxona barpo etdi va yomg’ir suvlarini to’playdigan 800−1000 tonnalik hovuzlar qurib, issiqxonadagi sabzavotlarni tomchilatib sug’orishni yo’lga qo’ydi.

Issiqxona «Muborak issiqlik elektr markazi"AJ da hosil bo’ladigan issiq suv orqali qizdiriladi, elektr markazi uchun suv kerak bo’ladi. Shu bois suv tanqis xududda bu suv aylantirilib, sovugach quvurlar orqali issiqlik uzatuvchi korxonaga qaytariladi. Tadbirkor shu imkoniyatdan foydalanib yana 7 gektar yerda issiqxona qurib ishga tushirdi. Ayni paytda issiqxonada qariyib yuz kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida issqxonani yanada kengaytirib, ish o’rinlarini ko’paytirish rejalashtirilgan. Umuman, tuman bo’yicha 60 tadbirkorga shu kabi issiqxona qurish uchun 300 gektar yer ajratilgan.

Prezident zamonaviy issiqxonani ko’zdan kechirib, ishchilar bilan muloqot qildi. Aholi farovonligini oshirish, doimiy va mavsumiy ish o’rinlari ochishda muhim o’rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog’ini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bir vaqtni o’zida, shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2019−2020 yillarda issiqxonalar tashkil etish, Chiroqchi tumanida lalmi maydonlarda poliz ekinlarini ko’paytirish, aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti o’tkazildi.

Shavkat Mirziyoev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxonalar bilan tanishib chiqishda, bunday issiqxonalar tarmog’ini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi va bir qator topshiriqlar berdi. Shu jumladan “Muborak IEM” AJ dan uzatiladigan issiq suv tarmog’i Muborak tuman xokimi G’ayrat Jovliev va O’zbekiston-24 telekanal muxbirlari tomonidan tasvirga olindi va jarayon sharxlandi.

S5 Box

Login

Register