Новости компании

 Telefon (+998 75) 672-50-49   | Faks (+998 75) 672-50-5 E-mail  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.


Mustaqilligimizning 28-yilligi bayram tabrigi

 

Muborak Issiqlik Elektr Markazi AJ bayram bilan qutlaydi! 

O'zbek xalqining zamonaviy tarixida asosiy hodisaga aylangan, mamlakatimiz uchun ulkan voqelik hisoblanadigan buyuk sana yaqinlashmoqda. Mustaqillikning e'lon qilinishi dunyo hamjamiyatida ishonch bilan o'z o'rnini egallagan yangi davlatning yutuqlari va muvaffaqiyatlarining boshlanish nuqtasi sifatida xizmat qildi. Mustaqil davlatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovichning rahbarligi ostida va shaxsiy ishtirokida mamlakatni yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi va belgilab olindi. U bozor, ishlab chiqarishni texnologik va texnik jihatdan yangilashga bosqichma-bosqich o'tkazilgan iqtisodiyotni mustahkamlashni, ijtimoiy siyosatni, fuqarolarning farovonligini va yanada asosiy ustuvor vazifalarni oldinga qo'ydi. Eng avvalo, iqtisodiyotda va jamiyatda olib borilayotgan tub islohotlar, hayotimiz va faoliyatimizning  barcha sohalarini o'z ichiga olgan Davlat dasturlari shunga yo'naltirilgan. Mustaqillikning yigirma sakkiz yilligi - bu, amalga oshirilgan ishlarning  mas'uliyat va odilona sarhisobi uchun jiddiy sabablardan biridir. Mustaqillik yo'li - bu har biri yuqori bahoga sazovor bo'lgan yengishlar va yutuqlar yo'lidir. Shu yillar ichida milliy iqtisodiyotimiz deyarli ancha ortdi. O'zbekistonning don ekinlari, yoqilg'i-energetika va transport-kommunikasion mustaqilligiga erishildi. O'tgan 28 yilga nazar tashlar ekanmiz, yillar o'tgan sayin iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning asosiy yo'nalishlarini rivojlantirishni, qabul qilinayotgan davlat dasturlarining dolzarbligini, qabul qilinayotgan qarorlarning to'g'riligini hayot tasdiqlab kelmoqda. Bu mustaqillik yutuqlari yanada kengayishi va mustahkamlanishiga erishish uchun o'zlarining bor kuchlarini ayamay mehnat qilib kelayotgan korxonamiz mehnatkashlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Bizda, o'zimizning fuqarolik pozisiyamizni namoyon qilgan holda eng murakkab qiyinchiliklarni yengish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. "Muborak IEM AJ" jamoasi o'z mehnatini Vataniga bag'ishlaydi. Hurmatli korxonamiz mehnatkashlari, aziz xalqimiz! Biz g'ururlansak arziydi. Vatanimiz mustaqilligining mustahkam poydevori - bu mustaqillik kunini ochiq ko'ngil va ko'tarinki kayfiyatda kutib olayotgan, o'zining fidokorona mehnatini buyuk va eng aziz bayramimizga bag'ishlagan korxonamiz mehnatkashlarining yutuqlaridir.Qadirdon davlatimiz hayotidagi asosiy voqelik - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganligining 28 yilligi bilan barchangizni samimiy tabriklayman! Sizlarga sog'lik, baxt, suyukli Vatanimizning farovonligi yo'lidagi bunyodkorlik ishingizda yangi zafarlar va marralar tilab qolaman!

Дополнительное меню

S5 Box

Login

Register